Kontent qismiga oʻtish

Istehkom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Istehkom — dushmandan saqlanish uchun lashkargoh. Atrofi yoki front liniyasida barpo qilingan mustahkam inshoot. Qadimda yogʻoch, tosh va loy (paxsa, xom gʻisht) dan qurilgan. Masalan, Fargʻona vodiysining Dalvarzintepa, Chusttepa, Zargʻaldoqtepa, Ashqoltepa, Tergachitepa kabi jez davriga oid qishloqlari atrofida shunday istehkomlar boʻlgan. Hozirgi zamon armiyalarida ham istehkom oʻz harbiy ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropa davlatlari "liniya" ("chiziq") deb ataluvchi kuchli istehkomlar qurdilar (masalan, "Zigfrid liniyasi" (Germaniya), "Mannergeym liniyasi" (Finlandiya), "Majino liniyasi" (Fransiya). Ikkinchi jahon urushida Moskva, Leningrad, Stalingrad va boshqa shaharlar mudofaasi uchun qudratli istehkomlar barpo etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil