Verona
Verona – Italiyaning shimoli-sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orqali oʻtiladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Veronada xalqaro qishloq xoʻjaligi yarmarkalari boʻlib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.
Verona – qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 89-yildan Rim koloniyasi, 489-yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-yildan Milanga, 1405-yilda Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-yildan Avstriya tarkibiga, 1866-yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqa saqlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Italiya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |