Kontent qismiga oʻtish

Hayot

Vikiiqtibosdan olingan
Hayot
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar

Hayot — metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir. Hayot holatdagi jismlar hayot shakllari yoki organizmlar, deyiladi. Koʻp hayot shakllari atrof-muhitga oʻzlarining ichki jarayonlarini oʻzgartirib moslasha oladi. Hayotning fizik xarakteristikasi teskari entropiyadir.



  •  

Baxtli hayot mavjud emas, faqatgina baxtli kunlar mavjuddir.

  Andre Theuriet
  •  

Hayot — bu oʻtgan kunlar emas, balki esda qolgan kunlardir.

  Pyotr Pavlenko
  •  

Hayot eng yaxshi murabbiydir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Hayot harakatni talab etadi.

  Arastu
  •  

Hayot katta hazil boʻlmasa kerak, deb umid qilaman, chunki men uni tushunmadim.

  Jack Handey
  •  

Hayot katta planda qaraganda tragediya, uzoqdan qaraganda komediyadir[2]. — The Guardian gazetasidagi marhumga bag‘ishlangan maqolada qayd etilgan. (1977-yil 28-dekabr)

 

Life is a tragedy when seen in close-up, but a comedy in long-shot.

  Charlie Chaplin
  •  

Hayot maʼnosi uning tamom boʻlishidadir.

  Franz Kafka
  •  

Hayot yashash uchun arzirlimi yoki yoʻqligi haqidagi savol falsafaning fundamental muammolaridan biridir.

  Albert Camus
  •  

Hayotning barcha xilma-xilligi, barcha jozibasi, barcha goʻzalligi soya va yorugʻlikdan iborat[3]. — „Anna Karenina“ asaridan

  Lev Tolstoy
  •  

Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat[4].

  Anvar Obidjon
  •  

Kelinglar, shunday yashaylikki, hayotimiz tugaganida hatto goʻrkov ham xafa boʻlsin.

  Mark Twain
  •  

Murabbiysi bo‘lmagan odamni hayot o‘zi tarbiyalab qo‘yadi.

  Otalar soʻzi[5]
  •  

Yoʻl chiroyli boʻlsa, u qayoqqa olib boradi, deb soʻramaylik.

  Anatole France

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 4.
  2. Rahmat BOBOJON tarjimasi: „Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar“. Oyina.uz (28-yanvar 2025-yil).
  3. „Lev Tolstoyning „Anna Karenina“ romanidan iqtiboslar“. jadid.uz (4-fevral 2025-yil). Qaraldi: 2025-yil 13-fevral.
  4. „Anvar Obidjon“. hikmatlar.uz. Qaraldi: 5-mart 2025-yil.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 5.

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Havolalar

[tahrirlash]


Falsafa
Borliq Voqelik
HayotOʻlim Boqiylik
YaxshilikYomonlik
Jon Oʻzlik
Bilish Fakt Nazariya Aksioma Gipoteza